add

Andijondagi zapravkada yong‘in chiqdi

05.09.2025 | 15:0042462

Andijon tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida 5 tonna yonilg‘i ortilgan mashina yonib ketgan.

Andijondagi zapravkada yong‘in chiqdi
5 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, «MAN» rusumli yonilg‘i tashuvchi avtomobilning sisternasidan propan gazini to‘kish vaqtida, texnik jarayon buzilishi oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Avtomobilda taxminan 5 tonna yoqilg‘i saqlanar edi. Hodisa to‘g‘risida soat 12:05 da FVBga xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari 12:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in 12:26 da nazoratga olingan va 13:03 da butunlay bartaraf etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirgi paytda yong‘inning aniq sabablari o‘rganilmoqda. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida va Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi gaz quyish shoxobchalarida ham yong‘in va portlash holatlari kuzatilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid