add

Antikorrupsiya yaqin qarindoshlar bilan bog‘liq korrupsiya xavflarini bir soatda aniqlamoqchi

Kecha 20:181 daqiqa

Akmal Burxonovga ko‘ra, endi sun’iy intellekt yordamida davlat xaridlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi va yaqin qarindoshlar bilan bog‘liq noqonuniy holatlar bir soat ichida aniqlanadi.

Antikorrupsiya yaqin qarindoshlar bilan bog‘liq korrupsiya xavflarini bir soatda aniqlamoqchi

Endi Antikorrupsiya agentligi yaqin qarindoshlar bilan bog‘liq korrupsiya xavflarini tezda aniqlaydi. Bu haqda O‘zA Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovga tayanib, xabar berdi.

Burxonovga ko‘ra, agentlik huzurida tashkil etilayotgan «Xavf-tahlil markazi»ga vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin ma’lumot bazalari integratsiya qilinadi.

Mazkur markazda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi. Xususan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot ta’sischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari, “Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi” tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning sabablari, «my.mehnat.uz» bazasi orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita bo‘ysunuv asosida ishlashi holatlari aniqlanadi.

Qayd etilishicha, natijada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish jarayoni an’anaviy usulda 5–6 kun vaqt olgan bo‘lsa, raqamlashtirish orqali bu ish bir soat ichida amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid