add

Apple, Google va Facebook kabi servislarga tegishli 16 mlrd parol internetga tarqab ketdi

Kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari tomonidan jahon internet tarmog‘ida tarixdagi eng yirik parollar oqib chiqishi qayd etildi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Cybernews kompaniyasi mutaxassislari 16 milliardga yaqin login va parollarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar arxivini aniqlagan.

Apple, Google va Facebook kabi servislarga tegishli 16 mlrd parol internetga tarqab ketdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ulkan baza turli dasturlar — infostilerlar yordamida yig‘ilgan bo‘lishi mumkin. Arxivda Apple, Google, Facebook, GitHub, Telegram, shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlar, VPN-servislar va davlat platformalariga tegishli hisoblar ma’lumotlari mavjud. Cybernews ta’kidlashicha, tarqalgan ma’lumotlarning katta qismi ilgari oshkor etilmagan va birinchi marta omma e’tiboriga tushgan. Ayrim mutaxassislar bu hodisani tarixdagi eng yirik akkaunt ma’lumotlari oqib chiqishi deb baholamoqda. Mutaxassislar barcha foydalanuvchilarni shaxsiy hisoblariga tegishli parollarni yangilashga, parol menedjerlaridan foydalanishga va imkoni boricha ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishga chaqirdi. Bu harakatlar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda muhim vosita hisoblanadi. Kiberhujumlar va ma’lumotlar oqib chiqishi fonida onlayn xavfsizlik borasida jiddiy yondashuv talab etilmoqda. Yangi texnik tahdidlar bartaraf etilishi uchun foydalanuvchilarning xabardorligi va profilaktik choralar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid