add

Apple so‘nggi chorakda rekord darajada daromad oldi

Kecha 14:551 daqiqa

Apple o‘tgan yilning so‘nggi choragida 85 mlrd dollar daromad oldi, asosiy o‘sish iPhone sotuvlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Apple so‘nggi chorakda rekord darajada daromad oldi

Apple kompaniyasi so‘nggi moliyaviy chorakda tarixiy eng yuqori moliyaviy natijani qayd etdi.

Eng katta daromad manbai iPhone sotuvlari bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chorak davomida iPhone orqali tushgan tushum 85 mlrd dollarga yetgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davridagi 69 mlrd dollarlik natijadan ancha yuqori. Mutaxassislar bu o‘sishni yangi modellarga bo‘lgan barqaror talab bilan izohlamoqda.

Xitoy bozorini qiziqtirgan iPhone 17

Ayniqsa, Xitoy bozorida sotuvlar keskin oshgan. Kompaniya bosh direktori Tim Kuk ta’kidlashicha, bu o‘sish iPhone 17 modeliga bo‘lgan yuqori qiziqish bilan bog‘liq. Natijada Xitoyda Apple tarixidagi eng yaxshi iPhone choragi qayd etildi. Mamlakatdagi umumiy sotuvlar 18,5 mlrd dollardan 25,5 mlrd dollargacha o‘sdi.

Apple’ning boshqa yirik bozorlarida ham ijobiy dinamika kuzatildi. Amerika qit’asida sotuvlar 52,6 mlrd dollardan 58,5 mlrd dollarga oshgan. Yevropa bozorida esa tushum 33,8 mlrd dollardan 38,1 mlrd dollarga yetdi. Bu holat kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan global talab barqarorligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Apple yangi bozorlarda jismoniy ishtirokini ham kengaytirmoqda. Tim Kukning ma’lum qilishicha, dekabr oyida Hindistonda beshinchi firmaviy do‘kon ochildi. Yaqin vaqt ichida Mumbay shahrida yana bir yangi do‘kon ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu rejalar kompaniyaning rivojlanayotgan bozorlarga bo‘lgan uzoq muddatli strategiyasini aks ettiradi.

Teglar

Mavzuga oid