add

AQSH 6 mingdan ortiq xalqaro talabalar vizasini bekor qildi

19.08.2025 | 11:3016003

AQSH Davlat departamenti 6 mingdan ortiq xalqaro talabalar vizasini bekor qildi. Qaror asosan qonunbuzarliklar va terrorizm bilan bog‘liq ayblovlar sababli qabul qilindi.

AQSH 6 mingdan ortiq xalqaro talabalar vizasini bekor qildi
BBC xabar qilishicha, qarorning asosiy sabablari sifatida vizasi tugaganidan keyin mamlakatda qolish, turli qonunbuzarliklar va xavfli faoliyatlarda ishtirok etish holatlari ko‘rsatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bekor qilingan vizalarning qariyb 4 mingtasi turli huquqbuzarliklar — tajovuz, mast holda mashina haydash, o‘g‘irlik kabi holatlarga bog‘liq. Shuningdek, 200–300 ta viza «INA 3B» moddasi asosida — inson hayotiga xavf soluvchi yoki AQSH qonunlariga zid terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik ayblovlari bilan bekor qilingan. Qaror Donald Tramp ma’muriyati tomonidan xalqaro talabalar ustidan nazorat kuchaygan bir paytda qabul qilindi. Rasmiylar terrorizmga yordam tushunchasini to‘liq ochiqlamagan bo‘lsa-da, Falastinni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazgan ayrim talabalarning xatti-harakatlari antisemitizm sifatida baholangani aytilmoqda. Shuningdek, AQSH elchixonalarida talabalar uchun viza uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilib, keyinchalik qayta tiklanganda arizachilardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ochiq ko‘rsatish talab qilingan. Bu orqali mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslarni aniqlash maqsad qilingan. Davlat kotibi Marko Rubio may oyida minglab vizalar qaytarib olinganini tasdiqlab, jarayon davom etishini bildirgan. Demokratlar esa bu choralarni tanqid qilib, talabalarning huquqlari buzilayotganini ta’kidlamoqda. Open Doors tashkilotiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilida AQSHda 210 dan ortiq mamlakatdan 1,1 milliondan ziyod xalqaro talaba tahsil olgan. Bu umumiy talaba sonining taxminan 6 foizini tashkil qiladi.

Teglar

Mavzuga oid