AQSH Eronga qarshi urushni kengaytirishi mumkin
«The Washington Post» manbalariga ko‘ra, AQSH Iordaniyada amerikalik harbiylar halok bo‘lganidan keyin Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda.
© Ijtimoiy tarmoqlarAQSH ma’muriyati Iordaniyada amerikalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lganidan so‘ng Eronga qarshi harbiy operatsiyalar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda amerikalik rasmiyga tayanib, «The Washington Post» xabar berdi.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Pentagon Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirish doirasida mintaqadagi jangovar samolyotlar sonini oshirmoqda.
Biroq manbalarga ko‘ra, Vashingtonning imkoniyatlari cheklangan. Xususan, havo hujumidan mudofaa vositalari va uzoq masofali o‘q-dorilar zaxirasi qisqarib borayotgani operatsiyalar ko‘lamiga ta’sir qilishi mumkin.
Resurslar yetishmasligi aytildi
Nashr suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, qo‘shinlar va harbiy aviatsiyani Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ravishda joylashtirish ham texnikaga yetkazilgan zararlar tufayli qiyinlashadi.
«Bizda operatsiyalarni xavfsiz davom ettirish uchun yetarli resurslar yo‘q va menimcha, Oq uy bundan bexabar», — dedi amerikalik amaldor.
Keskinlik ortib bormoqda
«The Washington Post» qayd etishicha, AQSH va Eron o‘rtasida o‘zaro zarbalar qayta boshlanganidan buyon kamida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan.
18-iyul kuni Eron Iordaniyadagi AQSH obyektlariga zarba berdi. Hujum oqibatida ikki nafar amerikalik askar halok bo‘lgan, yana bir harbiy bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.