add

AQSH halokatli qurol – atom suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlariga jo‘natdi

Shuningdek, Tramp Dmitriy Medvedevni tanqid qilib, uni «ahmoq odam» deb atadi.

AQSH halokatli qurol – atom suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlariga jo‘natdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari oliy qo‘mondonlik tarkibi oldida so‘zlagan nutqida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga nisbatan keskin fikr bildirib, uni «ahmoq odam» deb atadi. Shuningdek, Tramp ikkita suv osti kemasini «Rossiya qirg‘oqlari tomon» yo‘naltirish haqida farmoyish berganini ma’lum qildi. «Rossiya bizga yaqinda ozgina tahdid qilgan edi. Men esa yaratilgan eng halokatli qurol – atom suv osti kemalarini [Rossiya qirg‘oqlariga] jo‘natdim. Buni u yadroviy so‘zini tilga olgani uchun qildim... Bu [so‘zni] [Putin] uchun ishlaydigan ahmoq odam aytgan edi», - dedi Tramp Pentagon rahbari Pit Xegset tomonidan tashkil etilgan Amerika generaliteti ishtirokidagi yig‘ilishda. Tadbir AQSH dengiz piyodalari korpusining Kuantikodagi (Virjiniya shtati) bazasida o‘tkazildi. «Men bir yoki ikkita suv osti kemasini – ikkitasi haqida aytmayman – Rossiya sohillariga faqat ehtiyotkorlik yuzasidan jo‘natdim. Biz odamlarning yadrj so‘zini bemalol ishlatishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», - deya ta’kidladi Tramp. Uning aytishicha, AQSH suv osti kemalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishda «Rossiya va Xitoydan 25 yil oldinda». Ilgari AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning fikrlari tufayli Amerikaning ikkita atom suv osti kemasini tegishli hududlarga ko‘chirish to‘g‘risida buyruq berganini ma’lum qilgan edi. Trampning fikricha, Medvedev yadroviy mavzuda tahriklovchi bayonotlar bilan chiqqan.

Teglar

Mavzuga oid