add

AQSH hujumidan so‘ng Eron yadro dasturi bir yil ichida tiklanishi mumkin

25.06.2025 | 09:004523

AQSH razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Fo‘rdu yadroviy majmuasiga berilgan havo zarbasiga qaramay, Eronning yadro dasturi kamida bir necha oy, ko‘pi bilan bir yildan kam vaqtda qayta ishga tushishi mumkin.

AQSH hujumidan so‘ng Eron yadro dasturi bir yil ichida tiklanishi mumkin
Fox News manbasi xabar berishicha, AQSH Mudofaa razvedka boshqarmasi (DIA) so‘nggi havo hujumlaridan so‘ng Eron yadro infratuzilmasining zarar darajasini baholagan. Gohida past ishonch darajasidagi hisoblangan tahlilga ko‘ra, Eron yadro markazlari qisman shikastlangan bo‘lsa-da, tizimlar to‘liq yo‘q qilinmagan. Fo‘rdu yadroviy majmuasi — eng muhim inshootlardan biri — yer ostida 90 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, AQSH tomonidan zarba berilgan. Zarba natijasida majmuaga kirish nuqtalari yopilgan, ayrim infratuzilmalar vayron qilingan. Ammo markazning umumiy faoliyatini qayta tiklash imkoniyati saqlanib qolgan va u qayta qurilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Fo‘rdu majmuasida saqlangan ayrim yuqori darajada boyitilgan uran miqdori hujumdan oldin noma’lum manzilga ko‘chirilgan. Bu ehtimoliy «uchinchi ob’ekt» bo‘lishi mumkin — Eron ushbu ob’ekt haqida Xalqaro atom energiyasi agentligiga hujumlardan avval ma’lum qilgan. Hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo DIA hisobotida yadro infratuzilmasining qisman saqlanib qolgani, ob’ektdagi ayrim tizimlarni qayta tiklash orqali Eron yadro dasturini tez fursatda faollashtirishi mumkinligi qayd etilgan. Avvlroq atom energiyasi agentligi rahbari Muhammad Islomiy Eron yadroviy dasturidan voz kechmasligini bildirgani xabar qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH hujumidan so‘ng Eron yadro dasturi bir yil ichida tiklanishi mumkin | Vaqt.uz