Logo

AQSH vizani tezlashtirish uchun 750 dollarlik xizmat joriy etmoqda

Bugun 11:551 daqiqa

AQSH Davlat departamenti biznes va sayyohlik vizalari uchun qo‘shimcha haq evaziga suhbat muddatini tezlashtiruvchi yangi dasturni sinovdan o‘tkazadi.

AQSH vizani tezlashtirish uchun 750 dollarlik xizmat joriy etmoqda © Especial

AQSH Davlat departamenti xorijliklar uchun biznes va sayyohlik vizalarini olish jarayonini tezlashtirish maqsadida yangi «premium» xizmatni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra, ariza beruvchilar standart viza yig‘imidan tashqari qo‘shimcha 750 dollar to‘lab, suhbat sanasini tezroq belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Associated Press» agentligining ma’lum qilishicha, yangi pilot dastur 2026 yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi.

Ushbu xizmatdan foydalangan shaxslar AQSHning tanlangan elchixona va konsulliklarida to‘lov qilingan kundan boshlab 10 kun ichida suhbat vaqtini belgilashi mumkin bo‘ladi.

Viza kafolatlanmaydi

Hozirda AQSH sayyohlik va biznes vizasi uchun majburiy konsullik yig‘imi 185 dollarni tashkil qiladi. Yangi xizmat esa bu xarajatni qariyb besh baravarga oshiradi.

Ta’kidlanishicha, ushbu to‘lov viza olishni kafolatlamaydi.

Nashrning ma’lum qilishicha, tezlashtirilgan xizmat ko‘rsatiladigan elchixona va konsulliklar ro‘yxati 1-iyulga qadar e’lon qilinadi.

Loyiha sinov tariqasida ishga tushiriladi va talab yuqori bo‘lgan taqdirda uning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.

Tramp siyosati ortidan navbatlar ko‘paygan

So‘nggi vaqtlarda Tramp ma’muriyati tomonidan migratsiya siyosati kuchaytirilishi ortidan vizalarni rasmiylashtirish jarayoni ancha murakkablashgan.

Ayrim mamlakatlar fuqarolari uchun qo‘shimcha tekshiruvlar joriy etilgan, ariza beruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham o‘rganilmoqda. Bu esa ko‘plab davlatlarda intervyu navbatlarining bir necha oygacha cho‘zilishiga sabab bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH vizani tezlashtirish uchun 750 dollarlik xizmat joriy etmoqda | Vaqt.uz