add

AQSHda havodan benzin ishlab chiqaruvchi qurilma namoyish qilindi

29.05.2025 | 16:3042053

Ushbu qurilma oddiy xonadonda o‘rnatilib, shaxsiy yonilg‘i manbai bo‘la oladi.

AQSHda havodan benzin ishlab chiqaruvchi qurilma namoyish qilindi
Nyu-Yorkdagi Aircela startapi dunyoda birinchi bo‘lib xona sharoitida foydalaniladigan va havodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri benzin ishlab chiqaruvchi qurilmani taqdim etdi. Bu haqda Popular Science xabar berdi. Qurilma atmosferadagi karbonat angidridni ushlab, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil benziniga aylantiradi. Bu jarayon DAC (Direct Air Capture) texnologiyasi asosida amalga oshadi. Avval bunday texnologiyalar asosan yirik sanoat korxonalarida qo‘llanilgan bo‘lsa, endilikda Aircela uni oddiy xonadonlar uchun mo‘ljallangan ko‘chma qurilmaga joriy etdi. Ushbu modul uchta olti burchakli blokdan iborat bo‘lib, ular havo yig‘ish va yonilg‘i sintezi uchun alohida mas’ul. Qurilmaning orqa qismida esa benzin to‘ldirish uchun maxsus tizim mavjud. Olingan yonilg‘i tarkibida oltingugurt, etanol yoki og‘ir metallar yo‘qligi aytib o‘tildi. Aircela bosh direktori Erik Dalgren qurilma prototip emas, balki to‘liq ishlaydigan namuna ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda bunday shaxsiy yonilg‘i manbalarini millionlab ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirda qurilmaning faqat bitta namunasi mavjud. Undan foydalanib, xonadonda turiboq avtomobilni benzin bilan ta’minlash mumkin. Ushbu yondashuv nafaqat energiya sohasida, balki ekologik barqarorlik masalalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid