
Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish arizasini kelasi yilda taqdim etishi mumkin
Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanga ko‘ra, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy arizasi bir necha omillarga bog‘liq.

Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan DW telekanaliga bergan intervyusida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirish muddatini aniq aytmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon «ko‘plab omillarga bog‘liq», ammo YeIga qo‘shilish Armaniston hukumatining rasmiy siyosati hisoblanadi.
«Qachon ariza berimiz — aniq ayta olmayman. Balki kelasi oyda, balki kelasi yilda. Lekin bu — bizning rasmiy yo‘nalishimiz», — dedi Mirzoyan.Vazirning ta’kidlashicha, Armaniston YeI bilan faol muloqotni boshlagan. Mamlakat va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik va kengaytirilgan sheriklik bo‘yicha bitim mavjud. Shu asosda vizalarni soddalashtirish bo‘yicha jarayon boshlangan va u «muvofaqiyatli davom etayotgani» qayd etildi. Mirzoyanning aytishicha, Tashqi ishlar vazirligi YeI bilan bir qator yangi hujjatlar bo‘yicha muzokaralar olib boryapti hamda yangilangan sheriklik dasturi ustida ish yakunlandi. Shuningdek, vizalarni soddalashtirish jarayoni muvaffaqiyatli borsa, bir yoki ikki yil ichida amalga oshishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshida Armaniston rasman Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘nalishini belgilagan edi. Iyun oyida esa tomonlar iqtisodiy rivojlanish va barqarorlik masalalaridagi hamkorlik kun tartibini kelishib olgan.





