add

Asakada uydagi ustaxona yonib ketdi, o‘y egasi hodisa joyida halok bo‘ldi

29.07.2025 | 11:4534892

Andijon viloyatining Asaka tumanida yashash xonadonida tashkil etilgan avtoservisda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida xonadon egasi voqea joyida halok bo‘ldi.

Asakada uydagi ustaxona yonib ketdi, o‘y egasi hodisa joyida halok bo‘ldi

2025 yil 28 iyul kuni Andijon viloyati Asaka tumanidagi Ne’matobod mahallasida joylashgan uyda yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 18:21 da yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruv guruhlari soat 18:26 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni 18:54 da to‘liq bartaraf etgan. Hodisa natijasida uyning 70 metr kvadrat tom qismi yong‘inga uchragan.

Andijon viloyati prokuraturasi ushbu uyda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil qilinganini tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ehtiyotsizlik tufayli kelib chiqqan va uning oqibatida xonadon egasi halok bo‘lgan.

Hozirda yong‘inning aniq sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Prokuratura tomonidan mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid