Asia Alliancye Bank: rebrendingdan keyingi rivojlanish dinamikasi — texnologiyalar va yangi imkoniyatlar
Boshqaruv Raisi U.A. Abduazimov bilan suhbat
© Asia Alliance Bank2025-yil Asia Alliancye Bank uchun muhim yil bo‘ldi. Bank 2026-yilni qanday natijalar bilan boshladi?
Biz 2026-yilga yuksak natijalar va aniq strategik yo‘nalish bilan qadam qo‘ydik.
2025-yil bank uchun keng ko‘lamli transformatsiya va barqaror o‘sish yili bo‘ldi. Biz bozordagi mavqeyimizni mustahkamladik, rebrending o‘tkazdik hamda raqamli yechimlar va mijozlarga urg‘u berib, kelgusi rivojlanish uchun poydevor yaratdik.
Ayni paytda bu o‘zgarishlarning natijasi moliyaviy ko‘rsatkichlarda ham, mijozlarning bank brendiga munosabatida ham sezilmoqda.
Asosiy voqealardan biri sifatida bank rebrendingini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. U 2026-yilning bugungi kunigacha bank faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Rebrending shunchaki tashqi qiyofani yangilash emas, balki bankning bugungi va kelgusi rivojlanish yo‘nalishini belgilab bergan strategik qadam bo‘ldi. Bu so‘nggi 16 yil ichidagi ilk rebrending bo‘lib, bankning yanada zamonaviy, texnologik va ochiq faoliyat modeliga o‘tishini ifodalaydi.
Yangi brend qiyofasi — mijozga yo‘naltirilgan, g‘amxo‘r hamkor obrazini aks ettiradi. “Odamlar uchun o‘zimizning banki” shiori esa bugungi kunda mahsulot va xizmatlarda amaliy tarzda joriy etilib, real qiymat yaratmoqda.
Bankning raqamli ekotizimi qanday transformatsiya qilindi?
Biz bugungi kunda asosiy raqamli xizmatlarni o‘zida birlashtirgan Alliancye ekotizimini izchil rivojlantirib bormoqdamiz:
Alliancye Pay – jismoniy shaxslar uchun mobil ilova;
Alliancye Business – korporativ mijozlar uchun internet-banking;
Alliancye Lizing – kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlashning raqamli vositalari;
Alliancye Academy – bankning korporativ ta’lim va rivojlanish markazi;
Alliancye E-Com – hamkorlar uchun elektron tijorat platformasi.
Ekotizimning barcha elementlari yagona raqamli muhitni yaratadi va unda mijozlar moliyaviy, biznes hamda ta’limga oid masalalarni bitta servisda hal qila oladilar.
Vazifamiz – shunchaki funsionallikni kengaytirish emas, balki servislarni imkon qadar foydalanuvchi uchun qulay qilishdir.

Qanday raqamli yechimlar o‘sish drayverlariga aylandi?
Yangilangan Alliancye Pay ilovasi asosiy mahsulot bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi kunda u kundalik banking uchun qulay vosita ekanligini ko‘rsata oldi: pul o‘tkazmalari, keshbek, depozitlar, ma’lumotnomalar, bolalar kartalari, onlayn-mikroqarzlar va kartalarni yetkazib berish – bularning barchasi bitta ilovada mavjud.
Shu bilan birga, biz to‘lov infratuzilmasini faol rivojlantirdik va yangi mahsulotlarni ishga tushirdik: Visa Business, Visa HUMO, Uzcard UnionPay kartalari, shuningdek, AstraSend va QwikPay xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarini joriy etib, mijozlarimiz uchun transchegaraviy operatsiyalar imkoniyatlarini kengaytirdik.
Bankning raqamli yechimlari sifati professional hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi. Alliancye Pay ilovasi CX Banking Index 2025 tanlovining ikkita mukofotiga sazovor bo‘ldi – “Daily Banking” nominatsiyasida oltin va “Payments” yo‘nalishida bronza.
Bundan tashqari, yil davomida Asia Alliancye Bank bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi: Global Financye bankni kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi deb topdi, Mastercard esa bankning biznesni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi,
Visa Direct va Visa Premium kartalarining joriy etilishi uchun Visa Excyellencye Cup 2025 tanlovida bank uchta yo‘nalishda g‘olib deb topildi. Uzcard esa bankning ekvayring hamda Sherdor kartalarini rivojlantirishdagi innovatsion yondashuvini alohida e’tirof etdi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra bank qanday natijalarga erishdi?
2025-yil yakunlariga ko‘ra, “Asia Alliancye Bank”ning sof aktivlari hajmi 17,3 foizga oshib, 8 828,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xususiy kapital 1 223,7 mlrd so‘mgacha o‘sdi, bu bankning moliyaviy barqarorligini va kapital bazasi mustahkamlanib borayotganini tasdiqlaydi.
Sof foyda 26,2 foizga ko‘payib, 505,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunga xarajatlarning mo‘’tadil o‘sishi fonida operatsion daromadlarning ortishi hisobiga erishildi.
Mijozlar bazasi asosan jismoniy shaxslar hisobiga 25,8 foizga kengaydi, bu chakana mahsulotlar va raqamli xizmatlarga talab yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, portfelning muvozanatli rivojlanishini ta’minlagan holda, tadbirkorlar va korporativ mijozlar soni ham ortib bordi.
Kredit portfeli 12,3 foizga o‘sib, 4 341,5 mlrd so‘mga yetdi. Bunda chakana kreditlash eng jadal rivojlandi (+22,3%), korporativ segment esa barqaror o‘sishni namoyon etdi.
Resurs bazasi ham depozit portfelining ortishi hisobiga o‘sdi. Muddatli omonatlar eng yuqori o‘sish sur’atini ko‘rsatdi, bu mijozlar ishonchi va moliyaviy savodxonligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bank o‘z barqarorligini qanday mustahkamlamoqda hamda xalqaro va ta’lim yo‘nalishlarini qay tarzda rivojlantirmoqda?
Bankning ishonchliligi nafaqat moliyaviy natijalar, balki institutsional ko‘rsatkichlar bilan ham tasdiqlanadi. 2025-yilda biz Moody’s xalqaro reytingini B1 darajasigacha oshirdik va valuta bozorida market-meyker maqomini olib, mamlakat moliya tizimidagi o‘rnimizni mustahkamladik.
Shu bilan birga, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, BAA, Turkiya, Gruziya va boshqa mamlakatlardagi hamkorlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik qilib, xalqaro aloqalarni faol rivojlantirib bormoqdamiz.
Biz ta’limga alohida e’tibor qaratmoqdamiz: 2025-yilda yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ta’lim platformalari bilan hamkorlikni kengaytirdik. Alliancye Academy ekspertlari ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, xodimlar, mahalla bankirlari va agentlari, aholi hamda yoshlarning moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
2026-yilda qaysi yo‘nalishlarni eng muhim deb hisoblaysiz?
2026-yil – strategiyani amaliyotga tatbiq etish yilidir.
Mijozlar tajribasi sifatini oshirishga qaratilgan yechimlarni amalga oshirish boshlandi.
Raqamli xizmatlar:
• navbatni onlayn band qilish;
• Facye ID integratsiyasi;
• onlayn avtokredit va onlayn overdraft.
Mahsulotlar:
• Uzcard va HUMO bir zumda rasmiylashtiriladigan kartalar;
• shaxsga bog‘lanmagan metall hisobvaraqlari;
• bolalar uchun onlayn ilova;
• yangi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari.
Servis va jarayonlar:
• xodimlarning universallashuvi;
• xizmatlar xavfsizligini kuchaytirish.
Bu o‘zgarishlar mijozlarga xizmatlardan tezroq, osonroq va ortiqcha harakatlarsiz foydalanish imkonini beradi. Maqsadimiz shunchaki moliyaviy muassasa bo‘lib qolmasdan, balki mijoz hayotining har bir bosqichida to‘laqonli hamkorga aylanish.

Xalqaro to‘lovlarda mijozlar uchun qanday yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda?
Biz xalqaro moliyaviy xizmatlarni yanada sodda va qulay qilish orqali mijozlarimiz imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz.
Brend yangilangach, bankning xalqaro infratuzilmasi ham izchil rivojlanmoqda:
• Alliancye Pay mobil ilovasi orqali MoneySend xizmati yordamida transchegaraviy pul o‘tkazmalari;
• OlmaPay, UPT, Intel Express, BEST Send, Pay Porter, Elkart tizimlari orqali MDH mamlakatlari, Turkiya, Yevropa, Janubiy Koreya, BAA va AQSHga xalqaro pul o‘tkazmalari;
• xorijda Asia Alliancye Bank kartalari orqali Alipay tizimida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati.
Bularning barchasi mijozlar uchun xalqaro amaliyotlarni yanada tezkor va qulay qiladi. Kelgusida biz xizmatlar geografiyasini kengaytirish va xalqaro to‘lov platformalari bilan integratsiyani yanada kuchaytirishni davom ettiramiz.
Bank ichida infratuzilmaviy o‘zgarishlar rejalashtirilganmi?
Ha, biz filiallar tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlarini boshlab yuborganmiz.
Yangilangan filiallar endi yanada zamonaviy va texnologik formatda faoliyat yuritadi. Ularda raqamli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalari paydo bo‘lmoqda, mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish jarayoni soddalashtirilmoqda, maslahat olish uchun esa qulay va zamonaviy muhit yaratilmoqda.
Bundan tashqari, o‘z protsessing markazimizni ishga tushirish ham rejamizda bor. Bu bizga tranzaksiyalar tezligini oshirish, tizimlar barqarorligini kuchaytirish va xavfsizlik ustidan nazoratni yanada mustahkamlash imkonini beradi..
Bugungi kunda bank uchun ijtimoiy va ta’lim tashabbuslari qanchalik muhim?
Ijtimoiy mas’uliyat bank faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda biz “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasini amalga oshirdik, shuningdek, Global Money Wyeyek tashabbusida faol ishtirok etdik. “Yangi Kamolon” mahallasida xavfsizlikni oshirish va raqamlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladik. Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Mahalla loyihasi” dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, biz xavfsizlik madaniyatini ham izchil rivojlantirmoqdamiz: firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar e’lon qilamiz, xodimlarimizning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiramiz, shuningdek, mijozlar bilan bog‘liq real holatlar misolida foydali tushuntirishlar berib boramiz.
Korporativ madaniyatni rivojlantirish ham biz uchun muhim yo‘nalishlardan biridir. Xodimlarimiz ijtimoiy va sport tashabbuslarida faol qatnashib, jamoaviy qadriyatlar, mas’uliyat va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.
Bank rivojlanishining joriy bosqichini qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?
Agar 2025-yil transformatsiya yili bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilni amaliy natijalar yili, deb atash mumkin. Bugun biz ishlab chiqilgan strategiyani mijozlarimiz allaqachon his qilayotgan aniq yechimlar va qulay servislar orqali hayotga tatbiq etmoqdamiz. Asia Alliancye Bank qulaylik, texnologiklik va uzoq muddatli ishonchga tayangan zamonaviy moliyaviy hamkor sifatida izchil rivojlanishda davom etmoqda.
2025-yil bank uchun nafaqat transformatsiya, balki karta biznesida faol o‘sish va mahsulotlar ekspansiyasi yili ham bo‘ldi. Bu davrda karta mahsulotlari qatori ham, ularga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi ham sezilarli darajada kengaydi. Jumladan, HUMO–Visa kobeyjing kartalarining ommaviy emissiyasi yo‘lga qo‘yildi, 3D Secure texnologiyasi joriy etildi, shuningdek, POS-infratuzilma ham ancha kengaytirildi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish qulayligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mobil ilova orqali kartalarga buyurtma berish imkoniyati yaratildi, HUMO Junior kartalarini bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi, premium segmentni rivojlantirish boshlandi, jumladan Uzcard’ning “Sherdor” kartasi bo‘yicha ishlar olib borildi. Shu bilan birga, Discover va Diners Club kabi xalqaro hamkorlar bilan aloqalar kengaytirildi.
Bundan tashqari, bank World Elite va Junior mahsulotlarini ishga tushirish, marketing tashabbuslarini amalga oshirish hamda yevro hisobraqamlariga ulangan kartalarni joriy etish orqali Mastercard yo‘nalishini ham kuchaytirdi.
Ushbu loyihalar bankka bozordagi mavqeini yanada mustahkamlash, xizmatlar qulayligi va xavfsizligini oshirish, shuningdek, naqdsiz to‘lovlar ulushini ko‘paytirish imkonini bermoqda. Rejalashtirilgan o‘zgarishlar esa Asia Alliancye Bank tanlagan, yuqori xizmat standartlariga asoslangan rivojlanish yo‘nalishining mantiqiy davomidir.
Kelgusida ham bank bozor va aholi ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishga tayangan holda barqaror o‘sish modelini shakllantirishda davom etadi. Bu jarayonda zamonaviy moliyaviy yechimlar taklif etiladi, ishonchli hamkor sifatidagi mavqe yanada mustahkamlanadi, brend va servislarning kengaytirilgan imkoniyatlari esa mijozlar uchun amaliy afzalliklarga aylantiriladi.





