add

ATTO avtoturargohlarda avtomatik to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydi

15.09.2025 | 13:0044163

Endi haydovchilar avtoturargohlarda ortiqcha vaqt va qo‘shimcha ilovalarsiz, mashina raqamini avtomatik skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

ATTO avtoturargohlarda avtomatik to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydi
ATTO avtoturargohlarda yangi to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi. Hozirda tizim Toshkent shahri, Namangan va Navoiy viloyatlarida ishlamoqda. Yangi tizim ATTO mobil ilovasi orqali amalga oshirishadi. Foydalanuvchi bir marta avtomobil raqamini ilovada ro‘yxatdan o‘tkazsa, keyinchalik kamera uni avtomatik skaner qiladi. To‘lov summasi esa ATTO‘da chiqib, bitta bosish bilan amalga oshiriladi. Bu esa haydovchilarni ortiqcha vaqt va qo‘shimcha ilovalardan xalos etadi. Avvalroq har bir avtoturargoh uchun alohida ilova yuklab, raqamni qo‘lda kiritish talab etilardi. Shu sababli naqd pulda to‘lov ko‘p hollarda osonroq deb hisoblanardi. ATTO esa bu muammoni hal qildi. Tizim Parqour kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. U O‘zbekistondagi deyarli barcha «aqlli» avtoturargohlarda o‘rnatilgan. Jumladan, Toshkent aeroporti, Brocolli Park, YT Integro, CA Store, Modera Towers, Platform BM, Korzinka filiallari hamda Namangan va Navoiydagi yirik bozorlarda ATTO xizmatlari mavjud. Kompaniyaning ta’kidlashicha, «aqlli» avtoturargohlar faqat to‘lov qulayligi bilan cheklanmaydi. Ular transport oqimini tahlil qilish imkonini yaratib, shahar logistikasini yaxshilashga xizmat qiladi. ATTO esa ommaviy transportdan tashqari shahar infratuzilmasining boshqa yo‘nalishlarini ham qamrab olib, yagona ekotizim barpo etishga intilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid