add

Avtomaktablarda narxlar 1 yilda qariyb 60 foizga oshgan — Statqo‘m

Bugun 13:281 daqiqa

O‘zbekistonda 2025 yilda haydovchilikka o‘qitish xizmatlari keskin qimmatlagan yo‘nalishlardan biri bo‘ldi.

Avtomaktablarda narxlar 1 yilda qariyb 60 foizga oshgan — Statqo‘m

O‘zbekistonda avtomaktab kurslari narxi 2025 yil davomida o‘rtacha 59 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga asosan, avtomaktablarda o‘qitish xizmatlari narxi yil davomida bosqichma-bosqich ko‘tarilgan.

Avtomaktab xizmatlari qimmatlashishi bilan birga, transport sohasida boshqa xizmatlar narxida ham o‘sish kuzatilgan. Xususan, 2025 yil mobaynida shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash narxlari o‘rtacha 7,1 foizga oshgan.

Boshqa avtoxizmatlar narxi ham oshgan

2025 yil noyabr oyida taksi yo‘l haqi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan. Yil boshidan buyon ushbu xizmat turi narxi 7 foizga oshgan bo‘lsa, 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish 12,2 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 2025 yil noyabr oyida shaxsiy transport vositalarini yuvish bo‘yicha xizmatlar narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foizga oshgan. 2025 boshidan buyon avtomobil yuvish xizmatlari 7,4 foizga qimmatlagani qayd etilgan. 2024 yilning mos davriga nisbatan esa narxlar 9,4 foizga ko‘tarilgan.

Teglar

Mavzuga oid