add

«Ayaks» akademiyasi «Navbahor» futbol maktabini boshqaradi

16.09.2025 | 20:4543082

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev so‘z ochdi.

«Ayaks» akademiyasi «Navbahor» futbol maktabini boshqaradi
Namangandagi «Navbahor» futbol maktabi uch yilga Niderlandiyaning mashhur «Ayaks» akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi. «Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. «Navbahor»ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram», - dedi davlat rahbari. Ta’kidlanishicha, yaqinda «Navbahor» futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi. Prezident kelajakda bu akademiyada dunyoning «top» klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid