add

Ayollar rahbarligidagi korxonalar 4,2 trln so‘m foyda olgan

30.08.2025 | 12:0039012

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yakunida ayol rahbarlar boshqaruvidagi 20 mingdan ortiq kichik korxona va mikrofirmalarning sof foydasi 4,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Ayollar rahbarligidagi korxonalar 4,2 trln so‘m foyda olgan
Bu ko‘rsatkich mazkur segmentning iqtisodiy jarayonlardagi ulushi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Hisobot davrida bitta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha sof foyda 202,6 mln so‘m bo‘ldi. Bu raqam ayollar rahbarligidagi bizneslarning samaradorligi va bozorda o‘z o‘rniga ega ekanini anglatadi. Mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, ayniqsa ayollar uchun yaratilgan moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar bu natijalarga hissa qo‘shgani qayd etilmoqda. Mazkur korxonalar xizmat ko‘rsatishdan tortib ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda faoliyat yuritmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 611 taga ko‘payib, 6,3 foizlik o‘sishni qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid