add

Bahodir Toshmatov Milliy gvardiyaga qo‘mondon bo‘ldi

Bugun 15:312 daqiqa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Bahodir Hamidovich Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Toshmatov Milliy gvardiyaga qo‘mondon bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Bahodir Hamidovich Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Yangi tayinlov munosabati bilan Bahodir Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Qayd etish joiz, u 2025 yil iyul oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Toshmatov (1964 yilda tug‘ilgan) Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.

U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarida qo‘mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999 yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008 yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.

2008 yildan beri u mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, Milliy gvardiya qo‘mondoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2020 yildan beri Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev esa lavozimidan ozod etildi. U nima sababdan ishdan olingani yoki qaysi ishga o‘tgani hozircha ma’lum emas.

Teglar

Mavzuga oid