add

Bahrayn, Kuvayt va Qatar havo hududlarini qayta ochdi

Eron zarbasidan so‘ng vaqtincha yopilgan havo yo‘llari qayta ochildi, Dubay aeroportlari ham faoliyatni to‘liq tikladi.

Bahrayn, Kuvayt va Qatar havo hududlarini qayta ochdi
Eronning Qatardagi AQSH harbiy bazasiga bergan zarbasidan so‘ng xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha yopilgan Bahrayn va Kuvayt havo hududlari fuqaro aviatsiyasi uchun qayta ochildi. Bu haqda har ikki mamlakatning aviatsiya ma’muriyatlari ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu cheklovlar xavfsizlik ehtiyoji tufayli joriy qilingan va vaziyat barqarorlashgach, parvozlar qayta tiklangan. Qatar ham o‘z havo hududidagi cheklovlarni bekor qilib, fuqaro aviatsiyasi parvozlari qayta yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Mamlakatning aviatsiya nazorati idorasiga ko‘ra, barcha chora-tadbirlar muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Dubaydagi aeroportlar ham qisqa tanaffusdan so‘ng to‘liq ish faoliyatini boshladi. Amirlik hukumati ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Biroq ayrim reyslar kechikishi yoki bekor qilinishi mumkin. Mamlakatlar tomonidan havo aloqalarining tiklanishi mintaqadagi vaziyat bosqichma-bosqich barqarorlashib borayotganini ko‘rsatadi. Ayni paytda aviatsiya xizmatlari xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli organlar bilan hamkorlikda harakat qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid