Banklarda mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 18 avgust holatiga mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkalari 0,2 foizga pasayib, 36,1 foizni tashkil etgan.

Banklar kesimida eng yuqori mikroqarz stavkasini TBC Bank taklif etgan bo‘lib, u 42,4 foizga yetdi. Eng past ko‘rsatkich esa Aloqabankda qayd etildi — 21,8 foiz.
Avtokreditlar bo‘yicha esa aksincha o‘sish kuzatildi. Bir hafta ichida o‘rtacha yillik foiz stavkalari 23,7 foizdan 23,8 foizgacha ko‘tarildi. Jismoniy shaxslar uchun bu ko‘rsatkich 24,2 foizni, yuridik shaxslar uchun esa 22,2 foizni tashkil etmoqda.
Avtokreditlar ichida eng maqbul stavka «Ipoteka bank»da qayd etildi — 21,3 foiz. Eng yuqori ko‘rsatkich esa Infinbank hisobiga to‘g‘ri keldi — 28 foiz.
Markaziy bank ta’kidlashicha, avtomobil ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tijorat banklari bilan kelishuv asosida qo‘shimcha yengilliklar taklif qilishi mumkin. Shuning uchun qayd etilgan o‘rtacha ko‘rsatkichlar amaldagi real stavkalardan farq qilishi ehtimoldan xoli emas.
Markaziy bank 2025 yil 2 iyuldan boshlab har hafta mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilib kelmoqda.