Logo

Besh oyda 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Kecha 21:501 daqiqa

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yirik sanoat korxonalari tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga ko‘p.

Besh oyda 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi © dairynews.today

2026 yilning yanvar–may oylarida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 10,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (7,9 trln so‘m) va Samarqand viloyati (7,7 trln so‘m) joylashgan.

Shuningdek, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 4,5 trln so‘mdan, Buxoro viloyatida 3,7 trln so‘m, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida 3,5 trln so‘mdan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur ko‘rsatkich 2,5 trln so‘mni tashkil etgan. Navoiy viloyatida 2,4 trln so‘m, Xorazm viloyatida 1,8 trln so‘m, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida 1,7 trln so‘mdan, Jizzax viloyatida esa 1,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Vaqt.uz avvalroq mamlakatda faoliyat yuritayotgan 62 mingta sanoat korxonasining 20 foizi (12,4 mingta) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelishi haqida xabar bergandi.

Teglar

Mavzuga oid