add

Binyamin Netanyahu 2026 yildagi saylovlarda yana nomzodini ilgari surmoqchi

19.10.2025 | 20:007323

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu kelgusi parlament saylovlarida yana hukumat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. U g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan.

Binyamin Netanyahu 2026 yildagi saylovlarda yana nomzodini ilgari surmoqchi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakatning Channel 14 telekanaliga bergan intervyusida kelgusi saylovlarda ishtirok etish niyatini bildirib, o‘z g‘alabasiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi. «Ha, men xalqning qo‘llab-quvvatlashi bilan g‘alaba qozonishga ishonaman», — dedi Isroil hukumati rahbari siyosiy rejalari haqida so‘z yuritar ekan. Davlat telekanali KANning ma’lumotiga ko‘ra, Netanyahu noyabr 2026 yilga belgilangan umummilliy saylovlarni 2025 yil iyuniga surish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Isroil qonunchiligiga ko‘ra, Bosh vazir tavsiyasi asosida hukumat parlamentni tarqatib, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni taklif etishi mumkin. Ammo bunday qarorni mamlakat prezidenti tasdiqlashi lozim. Maariv gazetasi o‘tkazgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, agar saylovlar bugun bo‘lib o‘tganida, Netanyahuning partiyasi 120 o‘rinli Knessetda 52 ta o‘rin, muxolifat partiyalari — 58 o‘rin, arab partiyalari esa 10 o‘rin olishini ko‘rsatgan. Isroilda hukumat tuzish uchun kamida 61 deputatning qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Hozirgi saylov taqvimiga ko‘ra, mamlakatdagi keyingi umummilliy saylovlar 2026 yil noyabrida bo‘lib o‘tishi kerak. Ammo kuzatuvchilarning fikricha, siyosiy vaziyat va xavfsizlik muammolari Netanyahuni muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga undashi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid