
Bir xonali uy-joy ijarasi eng qimmat shaharlar ro‘yxati tuzildi
30.09.2025 | 13:3046713
2025 yilda jahonda bir xonali kvartira ijarasi eng yuqori darajada qayd etilgan shaharlar reytingi tuzib chiqildi. Statistikaga ko‘ra London va Singapurda eng yuqori narx qayd etildi.

Britaniya poytaxtida 1 xonali kvartira ijarasi sentyabr oyida o‘rtacha 2800 dollarni tashkil etdi. Markaziy hududlarida esa bu ko‘rsatkich 3100 dollargacha yetdi. Singapurda bir xonali kvartira ijarasi o‘rtacha 2700 dollar atrofida hisoblandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yuqori o‘ntalik reytingda:
London, Buyuk Britaniya — 2800 dollar;
Singapur — 2700 dollar;
Vashington, AQSH — 2300 dollar;
Amsterdam, Niderlandiya — 2250 dollar;
Dublin, Irlandiya — 2200 dollar;
Reykyavik, Islandiya — 2160 dollar;
Lyuksemburg — 2000 dollar; , atrofida.
Hongkong, Xitoy — 2000 dollar;
Bern, Shveysariya — 1800 dollar;
Kopenhagen, Daniya — 1750 dollarni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, eng arzon ijara narxlari Bangladesh poytaxti Dakada qayd etilgan. Bu yerda kvartira ijarasi oyiga o‘rtacha 93 dollarga teng. Pokistonning Islomobod shahrida 158 dollar, Zambiya poytaxti Lusakda va Qohirada 175 dollar, Jazoirda 184 dollar, Nyu Dehlida esa 185 dollardan oshmaydi.
Mutaxassislar ijara narxlariga talab va taklif muvozanati, aholi daromadi, markaziy hudud afzalliklari hamda ekspatlar oqimi kabi omillar ta’sir qilayotganini ta’kidlamoqda. Masalan, Istanbulda 2020 yildan buyon ijara narxlari 191 foizga ko‘tarilgan. London markazida esa odamlar daromadining qariyb 75 foizini ijaraga sarflashga majbur.
Solishtirma indeksga ko‘ra, O‘zbekiston 123 mamlakat ichida 84-o‘rinni egalladi.





