
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi oshiriladi
«O‘zbekneftgaz» metan zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan vaqtinchalik cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshirilishini ma’lum qildi.

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati sovuq havo oqimi sabab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilishi munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshirilishini ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, barcha hududlarda zarur miqdorda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan.
Shuningdek, iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat darajasida nazoratga olingan.
«Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zaruriy choralar ko‘rilgan», — deyiladi xabarda.
«O‘zbekneftgaz» xususiy avtozapravka shoxobchalari egalariga alohida murojaat qilib, narxlarni asossiz ravishda oshirmaslikka chaqirdi. Kompaniya ta’kidlashicha, benzinni sifat va miqdor jihatidan belgilangan talablarga muvofiq sotish talab etiladi, nazorat tadbirlari esa kuchaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sovuq ob-havo va gazga talab oshishi ortidan metan zapravkalar faoliyati yana vaqtincha cheklov kiritilishi haqida xabar bergan edik.





