add

Bloger «Real Sanjik» hibsga olindi

28.11.2025 | 15:2414831 daqiqa

U tovlamachilik, o‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

Bloger «Real Sanjik» hibsga olindi

Fermer va bloger, «Real Sanjik» taxallusi ostida faoliyat yurituvchi S. K. hibsga olindi. Bu haqda inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Tashanovga ko‘ra, joriy yilning 26-noyabr kuni soat taxminan 19:00 atrofida Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd davomida ijtimoiy tarmoqlarda «Real Sanjik» taxallusi ostida faoliyat yurituvchi S. K. hibsga olingan.

Qayd etilishicha. bloger tovlamachilik, o‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash singari jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

“Rasmiylardan mazkur hodisa yuzasidan izoh kutish barobarida huquqni muhofaza qilish organlarini protsessual talablarga muvofiq ish yuritishga chaqiramiz. Blogerdan jabrlangan fuqaro J. A. ijtimoiy tarmoqda Prezident Administratsiyasi mulozimlari uning murojaatini e’tiborsiz qoldirmaganini ta’kidlagandi», - dedi huquqbon.

Ma’lumot uchun, 2024 yil avgust oyida Sh.R. nikoh va to‘y bahonasida 1999 yilda tug‘ilgan Sh.A.ning ishonchiga kirib, muammolari borligini aytib uyni vaqtincha garovga qo‘yishni taklif qilgan, keyin esa ushbu uyni bloger va tadbirkor S.K.ga 240 ming dollarga sotgan. Hodisa muhokamaga aylanganidan keyin S.K. qiz va yigit orasidagi mojarodan bexabar ekanini aytib, uyni bolalar uyiga ehson qilishini bildirgan, ammo Ijtimoiy himoya agentligi uyni topshirishga oid notarial hujjatlar taqdim etilmaganini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid