add

Blogerlar reklama qonunini buzganlikda ayblanmoqda

22.08.2025 | 11:0026002

Instagramda yuz minglab auditoriyaga ega blogerlar O.Jo‘rayev va A.Abdurahmonovga nisbatan Raqobat qo‘mitasi tomonidan chora ko‘rildi.

Blogerlar reklama qonunini buzganlikda ayblanmoqda
Raqobat qo‘mitasining xabar berishicha, bloger Otabek Jo‘rayev va A.Abdurahmonov «ADWORLD GROUP» MCHJ faoliyatini targ‘ib qilgan. Ular fuqarolarga konsalting emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilgani aniqlandi. «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, bu kabi faoliyatni faqat litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar amalga oshirishi mumkin. Litsenziyasiz xorijda ishga joylashtirish taqiqlanadi. Shuningdek, «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasida ko‘ra, tegishli sertifikat va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan xizmat va tovarlarni reklama qilish ham mumkin emas. Aniqlangan holatlar yuzasidan O.Jo‘rayev va A.Abdurahmonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan va materiallar sudga yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, avval ham Raqobat qo‘mitasi ko‘p sonli kuzatuvchilarga ega blogerlar o‘z sahifalarida qimor va bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilayotgani aniqlagan edi.

Teglar

Mavzuga oid