add

BMT Afg‘onistonda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

08.10.2025 | 17:0745153

Jenevadagi Inson huquqlari kengashi Afg‘onistondagi huquqbuzarliklar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishni ma’lum qildi.

BMT Afg‘onistonda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha tekshiruv boshladi
BMT Inson huquqlari kengashi 6 oktyabr kuni Afg‘onistonda inson huquqlarining tizimli ravishda buzilishi haqidagi ayblovlar bo‘yicha dalillar to‘plash va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha tekshiruvni boshlashga qaror qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif etilgan va «Afg‘oniston uchun mustaqil tergov mexanizmi»ni tuzishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi Jenevada joylashgan kengashning 47 a’zo mamlakati tomonidan ovoz berishsiz qabul qilindi. BMT missiyasi sentyabr oyida «Tolibon» hukumatini butun mamlakat bo‘ylab internet aloqasini tiklashga chaqirgan edi. Tashkilotning ta’kidlashicha, internet cheklovlari so‘z erkinligi va axborot olish huquqiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Afg‘onistonda deyarli ikki kun davom etgan uzilishdan so‘ng internet aloqasi qayta faollashtirilgan. Oldinroq Afg‘oniston hukumati universitetlar ta’lim dasturidan ayollar yozgan kitoblarni chiqarib tashlagan va inson huquqlari, jinsiy zo‘ravonlik kabi mavzularni qamrab olgan 18 ta fanni ta’lim tizimidan olib tashlagani ma’lum qilingan edi. Taqiqlangan 680 kitobning 140 tasi ayol mualliflar tomonidan yozilgan. Shuningdek, «Tolibon» rahbariyati oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va to‘rtinchi toifadan past xodimlarga ish vaqtida smartfondan foydalanishni taqiqlagani haqida ham xabar berilgan.

Teglar

Mavzuga oid