add

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni tan olishni qo‘llab-quvvatladi

13.09.2025 | 12:427163

Bosh Assambleyasi ikki davlat yechimini nazarda tutuvchi deklaratsiyani qabul qilib, G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirdi.

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni tan olishni qo‘llab-quvvatladi
12 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyilini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat Fransiya va Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan kiritilib, 142 davlat, jumladan O‘zbekiston ham uni ma’qulladi. AQSH va Isroil bilan birga 10 davlat qarshi chiqdi, yana 12 davlat betaraf qoldi. Rezolyutsiyada HAMASning G‘azo sektoridagi hokimiyatni tark etishi va qo‘shinlarini Falastin milliy ma’muriyatiga topshirishi talab etilgan. Shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumda qo‘lga olingan isroillik garovdagilarni ozod qilish shartligi qayd etilgan. Hujjatda G‘azoda «vaqtinchalik xalqaro barqarorlashtirish missiyasi» tashkil etish taklifi ham bor. Bu chora o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqada xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan. Isroil hukumati rezolyutsiyani keskin tanqid qildi, Falastin milliy ma’muriyati esa uni mamnuniyat bilan qabul qildi. Yaqinlashib kelayotgan 22 sentyabrdagi Assambleya yig‘ilishi arafasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatining Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qilishi kutilmoqda. 2023 yil oktyabrda HAMAS Isroilga hujum boshlab, 1200 nafarga yaqin odamni o‘ldirgan va 250 dan ortiq shaxsni g‘azoga olib ketgan edi. Javob zarbalari natijasida G‘azoda 63 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘lgani, 145 mingdan ortiq kishi yaralangani ma’lum qilingan.

Teglar

Mavzuga oid