add

Bojxonachilar 400 mln so‘mlik tarixiy boyliklarni muzeyga topshirdi

30.08.2025 | 13:0038983

Toshkentda qimmatbaxo tarixiy ashyolarni noqonuniy olib chiqishga uringan holat aniqlandi va ular davlat muzeyiga topshirildi.

Bojxonachilar 400 mln so‘mlik tarixiy boyliklarni muzeyga topshirdi
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, «Keles» temir yo‘l chegara postida «Toshkent–Novosibirsk» yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi bo‘yicha chiqib ketayotgan fuqaroning qo‘l yuki va sumkalari tekshiruvdan o‘tkazilganda 325 dona noyob ashyo topildi. Ular orasida qadimiy tangalar, zargarlik buyumlari, artefaktlar, girya va kamon o‘qi uchlari borligi aniqlangan. Tekshiruvdagi 210 dona tangalar O‘zbekiston davlatchiligi tarixi davomida mavjud bo‘lgan deyarli barcha sulolalar va davlatlarga taalluqli nusxalar ekani ma’lum qilindi. Madaniy meros agentligi ekspertizasiga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II asrdan to XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Mazkur ashyolar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega deb baholanib, ularning qiymati salkam 400 mln so‘m etib belgilandi. Amaldagi qoidalarga muvofiq, ushbu topilmalar davlat muzeylariga beg‘araz topshirilishi lozim. Shu asosda, 325 dona qadimiy ashyo O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi fondiga vaqtincha saqlovga qabul qilindi. Mutasaddilarga ko‘ra, bunday holatlar madaniy merosni muhofaza qilish va qonuniy tartibda saqlashning muhimligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid