add

Boks: Jahon chempionatida dastlabki oltin. Yana 7 ta final kutmoqda

14.09.2025 | 09:009124

Angliyaning Liverpul shahrida World boxing shafeligi ostida o‘tayotgan ilk Jahon chempionatida Fazliddin Erkinboyev dastlabki oltinni qo‘lga kiritdi.

Boks: Jahon chempionatida dastlabki oltin. Yana 7 ta final kutmoqda
13 sentyabr kuni Liverpuldagi jahon chempionatida dastlabki medalchilar aniq bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschi ayollar yarimfinal bahslarida mag‘lub bo‘lib, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 48 kgdan past vaznli sportchilar bahsida Sabina Boboqulova yarimfinalda qozog‘istonlik bokschi Nazim Qizaybayga 4:1 hisobida yutqazdi. 51 kggacha bo‘lgan vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Feruza Kazakova turkiyalik Bo‘sanoz Chaqiro‘g‘luga 4:1 hisobi imkoniyatni boy berdi. 70 kgli bokschilar yarimfinal bahsida Aziza Zokirova avstraliyalik Likeysha Pergolitiga qarshi jang o‘tkazib, 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 75 kggacha vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev bulg‘oristonlik Rami Kivanga qarshi final jangiga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. U terma jamoamiz hisobiga dastlabki oltinni keltirdi. Bu janggacha erkaklar o‘rtasida 85 kgacha bo‘lgan vazn toifasida Akmaljon Isroilov yarimfinalda avstriyalik Maykl Derush ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Bugun jahon chempionatining so‘nggi kuni. Unda 7 nafar bokschimiz final janglarida oltin medal uchun kurashishadi. 17:15. Erkaklar. 65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Yuriy Falkao Dos Reys (Braziliya) 17:45. Erkaklar. 80 kg. Javohir Ummataliyev – Yojerlin Sezar (Fransiya) 18:00. Erkaklar. 90 kg. To‘rabek Habibullayev – Isayas Filyo (Braziliya) 22:15. Erkaklar. 60 kg. Abdumalik Xaloqov – Luiz Gabriel de Oliveyra (Braziliya) 22:30. Ayollar. 65 kg. Navbahor Hamidova – Aida Abikeyeva (Qozog‘iston) 23:15. Erkaklar. 85 kg. Akmaljon Isroilov – Tign Stott (Angliya) 24:45. Erkaklar. 90+ kg. Jahongir Zokirov – Oybek O‘ralboy (Qozog‘iston). Qayd etib o‘tish kerak, hamyurtlarimiz kabi Qozog‘istonning ham 8 nafar bokschisi finalga chiqqan. 4 ayol va 4 erkak. Ularning ikki nafari hamyurtlarimizga ro‘baro‘ bo‘lishadi. Braziliyaning ham bir ayol va uch erkak bokschisi finalda. Erkaklarning barchasi hamyurtlarimizning raqibi.

Teglar

Mavzuga oid

Boks: Jahon chempionatida dastlabki oltin. Yana 7 ta final kutmoqda | Vaqt.uz