add

Bolgariya 2026 yildan yevro hududiga qo‘shiladi

05.06.2025 | 09:4011633

Yevropa Komissiyasi va Yevropa markaziy banki Bolgariyaning 2026 yil 1 yanvardan yevroni rasmiy valyuta sifatida qabul qilishini ma’qulladi. Sofiya yevrozonaga a’zo bo‘ladigan 21-davlatga aylanadi.

Bolgariya 2026 yildan yevro hududiga qo‘shiladi
2025 yil 4 iyun kuni Yevropa Komissiyasi va Yevropa Markaziy banki Bolgariyaning yevro hududiga qo‘shilishini rasman ma’qulladi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan yevroga o‘tadi va valyutalik blokning 21-a’zosi bo‘ladi. Yevropa Komissiyasining konvergensiya hisobotida Bolgariya iqtisodiyoti yevrozona standartlariga to‘liq javob berishi ta’kidlangan. Ayni vaqtda yevrozonada 20 davlat bo‘lib, ularning yagona valyutasidan 347 million aholi foydalanadi. «Bugun Yevropa Komissiyasi Bolgariya yevro hududiga qo‘shilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu qadam mamlakatning yevroni qabul qilishdagi hal qiluvchi bosqichidir», — deyiladi rasmiy bayonotda. Yevropa Markaziy banki ham o‘zining alohida hisobotida Bolgariyaning yevro hududiga qo‘shilish uchun barcha iqtisodiy talablarga javob berayotganini tasdiqladi. Bolgariya uchun yevro hududiga qo‘shilish Yevroittifoq bilan integratsiya jarayonida muhim siyosiy va iqtisodiy bosqich hisoblanadi. Mamlakatda yevroni joriy qilish inflyatsiyani barqarorlashtirish, moliyaviy tizimni mustahkamlash va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.     SEO title:     Meta description:    

Teglar

Mavzuga oid