add

Boysundagi gaz konida yana portlash yuz berdi

30.11.2025 | 11:3213281 daqiqa

Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat berdi.

Bugun, 30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidag «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida katta portlash sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat «M-25» konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon. Ya’ni, avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qo‘yilgan.

Energetika vazirligiga ko‘ra, ayni paytda Boysundagi «M-25» konida vaziyat barqaror bo‘lib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

«Avval xabar berganimizdek, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgan va bu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qabul qilingan standart amaliyot hisoblanadi hamda xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi», deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi 2-noyabr kuni Boysun tumanidagi «M-25» konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgach, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilganini ma’lum qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid