add

Brent navli neft narxi besh oy ichida ilk bor 61 dollardan pastladi

17.10.2025 | 08:3838263

London birjasida Brent neft fyucherslari 1,54 foizga arzonlab, barreli uchun 60,96 dollar darajasiga tushdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi bor 7 may kuni qayd etilgan edi.

Brent navli neft narxi besh oy ichida ilk bor 61 dollardan pastladi
Xalqaro neft bozorida narxlar keskin pasaydi. Brent markasining dekabr oyiga mo‘ljallangan fyucherslari ICE Futures birjasida 1,54 foizga arzonlab, barreli uchun 60,96 dollar bo‘ldi. Bu so‘nggi besh oyda ilk marta 61 dollar chegarasidan past savdo darajasi hisoblanadi. Ekspertlar narxlar pasayishini bir nechta omil bilan izohlamoqda. Birinchidan, Rossiya va AQSH prezidentlari — Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida Ukraina mojarosini muhokama qilish bo‘yicha telefon suhbati va Budapeshtda yangi uchrashuv haqidagi xabarlar bozordagi noaniqlikni kuchaytirdi. Muzokaralardan oldin prezident maslahatchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unga AQSH delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qiladi. Ikkinchidan, AQSH Energetika ma’lumotlari boshqarmasi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi neft zaxiralari 10 oktyabrgacha bo‘lgan haftada 3,524 mln barrelga oshgan. Bu ma’lumot bozorda talab sustlashishi va ehtimoliy ortiqcha taklif haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi. Shu bilan birga, Trading Economics yozishicha, Hindistonning Rossiya neft xaridlari bo‘yicha ikkilanuvchi siyosatidan kelib chiqqan noaniqlik ham narxlarni pasaytiruvchi omillardan biri bo‘ldi. Shu sababli Brent neft narxi may oyidan beri kuzatilmagan darajaga —61 dollardan pastga tushdi. Bozor tahlilchilari fikricha, neft bozoridagi tushish tendensiyasi geosiyosiy jarayonlar, AQSH–Xitoy savdo tortishuvi va talab pasayishi bilan bog‘liq holda yaqin haftalarda ham davom etishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid