add

«Bu 3000 yil vaqt oldi»: Tramp G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga imzo qo‘ydi

14.10.2025 | 08:4230033

AQSH prezidenti Donald Tramp Sharm ash-Shayxdagi sammitda G‘azo bo‘yicha tinchlik shartnomasini imzoladi va uni «3000 yil davomida kutilgan kelishuv» deb atadi.

«Bu 3000 yil vaqt oldi»: Tramp G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga imzo qo‘ydi
«Bunga ishona olasizmi? Shunday qilsangiz u saqlanib qoladi», —  deya u hujjatga birinchi bo‘lib imzo chekib. Shundan so‘ng, kelishuvni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Misr rahbari Abdulfattoh as-Sisiy imzoladi. Tramp «Bu butun dunyo uchun ajoyib kun», dedi va kelishuv Uchinchi jahon urushining oldini oladigan darajada keng ko‘lamli» ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, bu urush Yaqin Sharqda boshlanishi mumkin edi.
«Ular doimo Yaqin Sharqda uchinchi jahon urushi boshlanadi deb aytishadi, ammo bu sodir bo‘lmaydi. Biz bunday hodisa hech qayerda boshlanishini istamaymiz va bu ro‘y bermaydi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqib, jahon yetakchilariga tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi, har biriga alohida murojaat qildi. Erdo‘g‘an haqida Qo‘shma Shtatlar prezidenti shunday dedi: «U mening do‘stim va har safar unga muhtoj bo‘lganimda, yonimda bo‘lgan». As-Sisiyga Tramp «ulkan yordam va rahbarlik» uchun minnatdorchilik bildirib, imzolash joyi sifatida Misr bejiz tanlanmaganini ta’kidladi. Oq uy rahbari bu sammit boylik va kuch nuqtayi nazaridan mamlakatlarning eng ulkan yig‘ini bo‘lganini qo‘shimcha qildi va o‘z jamoasiga siyosiy faoliyatidagi eng murakkab kelishuvga erishgani uchun tashakkur aytdi. Marosimdan so‘ng Tramp alohida murojaat bilan chiqishini va yetakchilar bilan yopiq muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid