add

Bugun Prezident kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

17.10.2025 | 15:3530145

Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, eng kam ish haqini belgilashda uch tomonlama hamkorlik tizimini joriy etish hamda ayollar bandligini oshirish va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bugun Prezident kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
17 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident mehnat munosabatlarini takomillashtirish, mehnat haqining eng kam miqdorini belgilashda uch tomonlama hamkorlik tizimini joriy etish hamda kasaba uyushmalari rolini kuchaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini oshirish, mehnat muhofazasi va ijtimoiy sug‘urtani isloh qilish vazifalari belgilandi. Mehnat haqini belgilashda yangi yondashuv Davlatimiz rahbari mehnat haqining eng kam miqdorini belgilash endilikda faqat davlat idoralari emas, balki Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilishini taklif etdi. Bu xodimlar manfaatini kafolatli himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ladi. Masofadan ishlash va yangi kasblar Prezident ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyot sharoitida 6 millionga yaqin fuqaro o‘zini o‘zi band qilib ro‘zg‘or tebratmoqda. Platformali bandlik, frilans va uy sharoitida ishlash kabi yangi mehnat turlari keng rivojlanmoqda. Endilikda kasaba uyushmalari bu toifadagi fuqarolar mehnat huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi. Xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar «Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida» tizimi orqali xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, teng imkoniyatlar yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Prezident ayollar mehnatini muhofaza qilish, zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolarga yordam berishni kengaytirishni vazifa qilib qo‘ydi. Mehnat muhofazasi va sug‘urta tizimi So‘nggi besh yilda kasaba uyushmalari 152 ming qonunbuzarlik holatini aniqlagan. Prezident baxtsiz hodisalar hisobini raqamlashtirish, mehnat muhitini xavfsiz qilish va «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qonunni tezlashtirishni topshirdi. «Munosib mehnat» dasturi va yangi imkoniyatlar Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda 2030 yilgacha mo‘ljallangan «Munosib mehnat» dasturi ishlab chiqilmoqda. Uning maqsadi — inson qadrini oshirish, xavfsiz mehnat muhitini yaratish va ijtimoiy adolatni ta’minlashdir. 120 yillik yubiley va yangi an’analar Bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanmoqda. Prezident har bir hududda «Kasaba uyushmalari bog‘lari»ni barpo etishni taklif qildi. Shuningdek, hokimlarga yangi sanatoriy va bolalar oromgohlari qurish dasturini amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Teglar

Mavzuga oid