
Bugundan banklar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatga oid yangi nizom kuchga kiradi
Yangi tartibga ko‘ra, kredit tashkilotlari mobil ilovalarda chakana kreditlarning to‘liq qiymatini hisoblab chiqish imkoniyatini yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘ladi.
15 oktyabrdan boshlab "Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahriri kuchga kiradi.
Unga ko‘ra: Banklar o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, mobil ilovalarida (agar mavjud bo‘lsa) jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan kreditlarning to‘liq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim bo‘ladi;
Iste’molchilar kredit, kredit kartasi yoki omonat hisobvarag‘i ochish uchun
bankka murojaat qilganida bank ushbu mahsulotlarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasini iste’molchi bilan birgalikda to‘ldiradi va iste’molchiga taqdim etadi. Bunda mobil ilova orqali xizmatlardan foydalanilganda bank tomonidan iste’molchiga axborot varaqasi bilan tanishib chiqish va uni yuklab olish imkoniyati yaratilishi lozim bo‘ladi;
Garovga qo‘yilgan mol-mulklarni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibga solinadi;
Kredit bo‘yicha talab qilish huquqi sug‘urta tashkilotiga o‘tkazilganligi haqida xabar jo‘natiladi.





