
Buxorodagi ikki qavatli uyda gaz portladi
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
© Фото: Kun.uz Buxoro viloyati Qorako‘l tumanining «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ikki qavatli uy xonadonlaridan birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborort xizmati ma’lumot berdi.
Hodisa haqida 31-yanvar kuni soat 08:23 da 112 yagona dispetcherlik tizimi orqali xabar kelib tushgan.
Xabar olingandan so‘ng voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, shuningdek, boshqa tegishli xizmatlar jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan maishiy gaz to‘planishi natijasida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Portlash oqibatida uyda bo‘lgan ikki nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan. Ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari halok bo‘lganlar yo‘qligini rasman ma’lum qildi.





