
CBS: Vashington uch prezident uchrashuvi uchun maydon izlamoqda
13.08.2025 | 21:4050282
AQSH kelasi hafta Tramp, Putin va Zelenskiyning uchrashuvi uchun joy izlamoqda. Ilgari uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berilmagan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar uchun joy izlamoqda. Bu haqda CBS News manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning aytishicha, Vashington, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar kelasi hafta oxirida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Telekanal boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Ilgari uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berilmagan edi.
Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskaning eng yirik shahri Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida muzokaralar o‘tkazadilar. Sammit 15 avgustga belgilangan.
Shuningdek, Tramp Vladimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv tashkil etishni rejalashtirganini aytgan. Putin esa avgust oyi boshida Ukraina rahbari bilan uchrashishga qarshi emasligini, biroq avval «muayyan sharoitlar yaratilishi» kerakligini, hozircha esa bunga «vaqt borligini» ta’kidlagan edi.





