Chakana, ulgurji va umumiy ovqatlanish: O‘zbekiston savdo bozori qanday o‘smoqda?

Bugun 11:042 daqiqa

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi 123,9 trln so‘mga yetdi. O‘sishda asosiy ulush kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to‘g‘ri kelmoqda.

Chakana, ulgurji va umumiy ovqatlanish: O‘zbekiston savdo bozori qanday o‘smoqda?

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 123 961,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025 yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining hisobotida so‘z boradi.

Gemini_Generated_Image_qc1xziqc1xziqc1x

Ma’lum bo‘lishicha, 1-aprel holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 965 tani tashkil etib, shundan 438 tasi yirik korxonalar, 86 527 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalardir. 2026-yilning dastlabki uch oyida yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 21 115,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati – 128 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi esa 102 846,4 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘sish sur’ati – 124,9 foiz).

Gemini_Generated_Image_kebuj0kebuj0kebu

Ulgurji savdo

O‘zbekiston bo‘yicha 2026-yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 109 857,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga o‘sdi.

Gemini_Generated_Image_mibsxrmibsxrmibs

1-aprel holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 53 278 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 418 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 52 860 tani tashkil etdi.

Gemini_Generated_Image_orf7z9orf7z9orf7

Yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 30 692,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati – 104,9 foiz), kichik biznes subyektlarining tovar aylanmasi esa 79 164,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati – 113,4 foiz) tashkil etdi. Respublikada jami ulgurji savdo hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 72,1 foizni tashkil etdi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari

Hisobot davrida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 49 804,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga o‘sdi.

Gemini_Generated_Image_2wp4v72wp4v72wp4

1-aprel holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 27 312 tani tashkil etib, shundan 135 tasi yirik, 27 177 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir. Savdo aylanmasining 78,9 foiz ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi, yirik korxonalar ulushi esa 21,1 foizni tashkil etdi.

Uchalasining farqi nima?

Bu uchta tushuncha savdo sohasidagi turli formatlarni anglatadi. Chakana savdo tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchiga (oddiy odamga) sotishdir. Do‘konlar, supermarketlar va bozorlar asosan shu formatda ishlaydi.

Ulgurji savdo esa tovarlarni katta miqdorda, odatda tadbirkorlarga yoki do‘konlarga sotishni anglatadi.

Masalan, zavodlar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni distribyutorlarga sotadi, distribyutorlar esa do‘konlarga sotadi.

Umumiy ovqatlanish tayyor ovqat va ichimliklarni sotish va xizmat ko‘rsatish sohasi sanaladi.

Teglar

Mavzuga oid