add

Chorvoqda 20 MWli shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida 28 million dollarlik grant hisobiga amalga oshirilayotgan Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Loyiha tufayli minglab xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Chorvoqda 20 MWli shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
2025 yil 30 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishiga rasman start berildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Tantanali marosimda Xitoy elchixonasi vakillari, Energetika vazirligi, mahalliy hokimlik va «O‘zbekgidroenergo» AJ mas’ullari ishtirok etdi. Ushbu loyiha «O‘zbekgidroenergo» AJning xalqaro grantlarni jalb qilish yo‘lidagi birinchi yutuqlaridan biri sifatida ta’riflandi. 2023 yil 17 oktyabrda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Savdo departamenti ko‘magida memorandum imzolangan edi. Unga ko‘ra, qurilish tenderida TBEA Co., Ltd kompaniyasi bosh pudratchi sifatida tanlangan. Hozirda Bo‘stonliq tumani Burchmulla hududida 10 gektar yer maydonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy texnologik uskunalar Xitoydan olib kelinib, montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. 20 MVt quvvatga ega bo‘ladigan stansiya yiliga o‘rtacha 50 million kWh elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 20 mingga yaqin xonadonni elektr bilan ta’minlaydi. Shuningdek, 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha amalga oshgach, yiliga 811,1 ming metr kub gaz va 3,15 ming tonna ko‘mir tejalishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid