add

Citibank: 2026 yilda oltin narxi pasayishi mumkin

19.06.2025 | 17:005172

Citibank tahlilchilariga ko‘ra, jahon bozorida oltinga bo‘lgan talab susayishi fonida 2026 yilda ushbu qimmatbaho metall narxi pasayishi mumkin. Korxonaning prognozlariga ko‘ra, har bir unsiyasi uchun narx 2 500–2 700 dollar atrofiga pasayishi ehtimoldan xoli emas.

Citibank: 2026 yilda oltin narxi pasayishi mumkin
Bu sof oltinning 1 gramm uchun narxi hozirgi 108 dollardan taxminan 80 dollargacha tushishi mumkinligini anglatadi. O‘zbekiston Markaziy banki sotuvga qo‘ygan 100 grammlik oltin quymalari hozirda 141 million so‘m atrofida bo‘lsa, narxlar tushishi orqali 105 million so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda. Citibank ekspertlari fikricha, Federal zaxira tizimining foiz stavkalarini pasaytirishi, inflyatsiya bosimining bosilishi va oltinga bo‘lgan talabning sekinlashuvi ushbu narx dinamikasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar bo‘ladi. Bundan tashqari, bozorda investitsion xatarlarga nisbatan yondashuv ham o‘zgarmoqda. Oltin narxining pasayishi O‘zbekiston zaxiralariga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Mamlakatning valyuta-oltin zaxiralarida oltinning ulushi katta bo‘lib, narx tushishi davlat aktivlarining qiymatini pasaytirishi mumkin. Shu bilan birga, ichki bozorda ham oltinga bo‘lgan talab va narx siyosatida o‘zgarishlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid