add

CLICK va Paynet 2024 yilda rekord foyda qayd etdi

03.07.2025 | 13:0028823

O‘zbekistondagi yirik to‘lov tizimlari CLICK va Paynet 2024 yilda katta moliyaviy natijalarga erishdi. Har ikki kompaniya sof foydada keskin o‘sish qayd etdi va bank sektorining ko‘p qismi foydasidan yuqori ko‘rsatkich namoyon qildi.

CLICK va Paynet 2024 yilda rekord foyda qayd etdi
CLICK to‘lov tizimi 2024 yil yakunlari bo‘yicha 295,1 mlrd so‘mlik sof foyda qayd etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 43,8 foizga ko‘pdir. Mazkur foyda ko‘rsatkichi mamlakatdagi banklarning taxminan 70 foizining yillik sof foydasidan yuqori hisoblanadi. Shuningdek, CLICK'ning umumiy tushumi 2024 yilda 516,4 mlrd so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 42,8 foizga o‘sganini ko‘rsatadi. Kompaniyaning jami kapital va majburiyatlari 433,5 mlrd so‘m bo‘lib, bir yil ichida 65,7 foizga oshgan. Kompaniya shu yil davomida 837,1 million so‘m miqdorida daromad solig‘i to‘lagani ham ma’lum qilindi. Paynet AJ ham 2024 yilda katta foyda qayd etdi. Unga ko‘ra, kompaniya 281,5 mlrd so‘m sof foyda olgan. Bu 2023 yildagi natijaga nisbatan 153,5 mlrd so‘mga yoki 119,9 foizga ko‘pdir. Paynet’ning yillik sof tushumi 1 trln 135 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 53 foizlik o‘sishni anglatadi. Kompaniya aktivlari bir yil davomida 552,9 mlrd so‘mga ortib, 842,3 mlrd so‘mga yetgan. Majburiyatlar hajmi esa 529,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ikki to‘lov tizimining bunday moliyaviy ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar bozori jadal rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

CLICK va Paynet 2024 yilda rekord foyda qayd etdi | Vaqt.uz