«Cobalt» uchun shartnomalarning qayta ochilish sanasi ma’lum qilindi

Kecha 22:251 daqiqa

Xaridni UzAutoSavdo sayti yoki rasmiy dilerlik markazlari orqali rasmiylashtirish mumkin.

«Cobalt» uchun shartnomalarning qayta ochilish sanasi ma’lum qilindi

«Chevrolet Cobalt» avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab ortidan 28-aprel kuni soat 10:00 dan barcha komplektatsiyalar uchun onlayn kontraktatsiya boshlanadi. Bu haqda «UzAuto Motors» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kontraktatsiya jarayoni barcha mijozlar uchun ochiq bo‘ladi va barcha komplektatsiyalarni qamrab oladi. Shartnomani uzavtosavdo.uz sayti yoki Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish yoki yaqin hududdagi «Chevrolet» rasmiy dilerlik markaziga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, «Telegram» bot va «UzAvtoSavdo» mobil ilovasi (iOS/Android) orqali navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

Kompaniyaga ko‘ra, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Qolaversa, shartnomalarda maxsus QR kod bo‘lishi shart. Ta’kidlanishicha, ushbu kod hujjatning haqiqiyligini tasdiqlaydi. QR kodsiz shartnomalar «UzAuto Motors» va rasmiy dilerlarga aloqador emas.

Teglar

Mavzuga oid