add

Cobalt’ni ustaxonada yangi model ko‘rinishiga keltirish qanchaga tushadi

19.10.2025 | 17:004033

Chevrolet Cobalt egalari yangi modelni kutmasdan, eski model avtomashinalarini ustaxonalarda zamonaviy ko‘rinish va funksionalga o‘zgartirishi mumkin.

Cobalt’ni ustaxonada yangi model ko‘rinishiga keltirish qanchaga tushadi
Yaqinda UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt’ning yangilangan versiyasi narxlarini e’lon qildi. Yangi model salon qulayligi va texnologiya jihatidan oldingi avlodlardan ancha ustun bo‘lib, savdolar 3 noyabrdan boshlanishi belgilangan. Shu bilan birga, haydovchilar yangi avtomobil sotib olmasdan, o‘zidagi Cobalt’ni ustaxonada zamonaviy ko‘rinishga olib chiqish imkoniga ega. Muttaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bunday yangilanish uchun kerakli tyuning to‘plamining umumiy qiymati o‘rtacha 900 dollarni tashkil etadi. Bu narxga Tracker 1 uslubidagi yangi asboblar paneli (300 dollar), Apple CarPlay va Android Auto funksiyalariga ega MyLink sensorli multimedia tizimi (400 dollar), kruz-kontrol va ruldagi boshqaruv tugmalari (100 dollar), hamda old o‘rindiqlar isitgichi (100 dollar) kiradi. Ushbu jihozlar salonni nafaqat vizual, balki texnik jihatdan ham zamonaviy qiladi. Muttaxassislar bunday o‘zgarishlarni faqat tajribali ustalar orqali amalga oshirishni tavsiya etadi, chunki noto‘g‘ri o‘rnatish yoki dasturiy xatoliklar avtomobil tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi Cobalt ikki turdagi komplektatsiyada sotuvga chiqadi: Cobalt Style MCM — 156,1 million so‘m, Cobalt Midnight MCM — 165,2 million so‘m. Shu bilan birga, avvalgi modellar ham hozircha o‘zgarishsiz narxlarda — 147,9 va 155,2 million so‘mdan taklif etilmoqda (https://vaqt.uz/2025/10/15/3-noyabrdan-cobalt-avtomobili-uchun-kontraktaciya-ochiladi/).

Teglar

Mavzuga oid