Coinpay kripto-birjasi haqida nimalarni bilasiz?

Bugun 14:371 daqiqa

Coinpay kripto-birjasi "COINPAY" MCHJ korxonasiga tegishli bo‘lib, hozirda O‘zbekistonda kripto-birja sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Coinpay kripto-birjasi haqida nimalarni bilasiz?

Mas’ul organ reyestriga ko‘ra, Coinpay 2024 yilda faoliyat yuzasidan litsenziya olgan. ihamkorUZ saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Coinpay MCHJ korxonasining 100 foiz ulushiga Akmal Abdulxairov egalik qiladi. Korxona ustav fondi esa hozirda 10 mlrd 419 mln so‘mdan ortiq hisoblanadi.

Coinpay sayti orqali Binance birjasidan kripto-aktivlarni qonuniy sotib olish yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Buning uchun Coinpay saytidagi havola orqali Binance birjasidan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Birjaning o‘zi esa tez orada kripto-karta chiqarish, Humo va Uzcard to‘lov tizimlari orqali hisobni to‘ldirish, fiatga kripto yoki kriptoga boshqa kriptoni ayirboshlash, MyID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari qo‘shilishini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid