Logo

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Kecha 12:251 daqiqa

18-19-iyul kunlari mamlakatda havo harorati +48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Kelasi hafta boshidan issiqning chekinishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 18-19-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Juma kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo +42...+45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +46...+48 darajagacha isiydi.

Shamol sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metrgacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

20-iyul - dushanba kuni respublika hududining katta qismida estremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.

21-iyul - seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati +6...+9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Juma kuni kunduzgi havo harorati +41...+43 daraja, shanba va yakshanba kunlari +43...+45 daraja, kechalari esa harorat +25...+28 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid