add

Daromadi rasman ko‘rsatilmagan qarz oluvchilar uchun yangi kredit bahosi joriy qilindi

23.06.2025 | 19:3019623

2025 yil 23 iyundan e’tiboran «Kredit-axborot tahliliy markazi» (KATM) banklar va moliyaviy tashkilotlarga qarz oluvchilar to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun «Alternativ skoring» kredit hisobotini taklif etmoqda.

Daromadi rasman ko‘rsatilmagan qarz oluvchilar uchun yangi kredit bahosi joriy qilindi
O‘zbekistonda rasmiy daromadi bo‘lmagan, ammo to‘lov qobiliyatiga ega fuqarolarni baholash uchun yangi kredit hisoboti ishga tushirildi. «Kredit-axborot tahliliy markazi» tomonidan taqdim etilayotgan «Alternativ skoring» (muqobil skoring) hisoboti orqali bank va nobank tashkilotlar mijozning turli to‘lovlari va xarajatlari asosida uning moliyaviy barqarorligini baholay oladi. Yangi mexanizm qarz oluvchining oxirgi 12 oydagi bank kartasi orqali amalga oshirgan operatsiyalari, kommunal to‘lovlari, aliment to‘lovlari va Majburiy ijro byurosi ma’lumotlarini o‘zida mujassam etadi. Bu hisobot orqali tashkilotlar nafaqat ushbu ma’lumotlarga ega bo‘ladi, balki ular asosida shakllangan skoring balini ham ko‘ra oladi. Ushbu ball qarz oluvchining to‘lovga layoqatini baholashda qo‘shimcha mezon sifatida xizmat qiladi. «Alternativ skoring» kredit hisobotining bir nusxasi uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 0,05 barobari (QQSsiz) miqdorida to‘lov belgilangan. Bu vosita, ayniqsa, daromadi rasman qayd etilmagan, biroq muntazam to‘lov qiluvchi mijozlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu yangilik bank va moliyaviy muassasalarga mijozlar haqida kengroq tasavvur hosil qilish, kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish va mablag‘larni samarali taqsimlashda qo‘l keladi.

Teglar

Mavzuga oid

Daromadi rasman ko‘rsatilmagan qarz oluvchilar uchun yangi kredit bahosi joriy qilindi | Vaqt.uz