add

Davlat byudjetining deyarli yarmi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirildi

11.09.2025 | 15:3019302

O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarim yilligida davlat byudjeti xarajatlarining qariyb yarmi ijtimoiy sohalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Davlat byudjetining deyarli yarmi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ma’lum qilinishicha, ijtimoiy sohalarga 86,2 trln so‘m ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,1 trln so‘mga ko‘pdir. Natijada ijtimoiy yo‘nalishlar jami xarajatlarning 49,8 foizini tashkil etdi. Hisobot davrida davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 19,2 foizga oshdi. Qayd etilishicha, deyarli barcha soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan. Shu bilan birga, davlat xarajatlari 173,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foiz o‘sish qayd etildi. Bu ko‘rsatkich ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ko‘payganidan dalolat beradi. Deputatlar ta’kidlaganidek, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish davlat moliyaviy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid