Davlat mablag‘larini talon-toroj qilgan IIV sobiq mansabdorlariga oid jinoyat ishi taqdiri qanday kechmoqda?

Kecha 12:192 daqiqa

Sobiq IIV mansablarining jinoyat ishi bo‘yicha Vaqt.uz muxbiri vazirlikdan izoh so‘radi.

Davlat mablag‘larini talon-toroj qilgan IIV sobiq mansabdorlariga oid jinoyat ishi taqdiri qanday kechmoqda?

Avvalroq, Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etish departamentining sobiq  boshlig‘i Rustam Tursunov qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

27-yanvar kuni esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mansabdorlarning Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilingandi.

Vaqt.uz muxbiri shu ish bo‘yicha, ya’ni sobiq mansabdorlarning jinoyat ishi qaysi bosqichda va ular aynan qaysi moddalar bilan aylanyapti, deya vazirlik mas’ulidan izoh so‘radi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov: “O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov harakatlarini boshqa idora olib borayotganligi sababli, biz bo‘yicha ma’lumotga ega emasmiz. Tergovga javob beradigan rahbarlar bu savolga javob bersa to‘g‘ri bo‘lardi”, — deb javob bedi.

Ma’lumot uchun: Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprelidan buyon Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Ushbu tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Rustam Tursunov esa 2021 yil fevral oyidan beri Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga rahbarlik qilgan.

Qayd etib o‘tish kerak, Preziden Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashni davlat siyosati darajasida keskin kuchaytirishini ma’lum qilgan edi. Prezident korrupsioner amaldorlarni islohotlarga xiyonatda ayblab, 2026 yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi «favqulodda holat» e’lon qilgan edi.

Shuningdek, davlat rahbari lavozim va unvon hech kimni qonun oldida javobgarlikdan ozod qilmasligini qat’iy ta’kidlagan edi.

Teglar

Mavzuga oid