add

Davlat xaridlarida 11,2 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Kecha 14:251981 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan buyurtmachi tashkilotlarga chora ko‘rdi.

Davlat xaridlarida 11,2 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoring hamda fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan tekshiruvlar yirik miqdordagi qonunbuzilishlarni aniqladi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan holatlar umumiy hisobda 11,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu buzilishlar bo‘yicha tegishli ta’sir choralari ko‘rildi.

Buxoro viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga oid 500 mln so‘mdan ortiq davlat xaridi yuzasidan qonunbuzilish kuzatildi. Farg‘ona viloyatida esa sog‘liqni saqlash boshqarmasining 6 ta xaridi bo‘yicha jami 8 mlrd so‘mga yaqin xatolar aniqlangan.

Jizzax viloyatida ham bir qator holatlar qayd etildi. Jumladan, G‘allaorol tumani agrotexnologiya texnikumida 140 mln so‘mga yaqin, Paxtakor tumani ta’lim bo‘limida 766 mln so‘mlik, Do‘stlik tumani obodonlashtirish boshqarmasiga oid 17 mln so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlangan.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi 1,7 mlrd so‘mlik, shuningdek, onkologiya markazining viloyat filiali 100 mln so‘mlik xaridda qonun talablarini buzgani ma’lum qilindi.

Ushbu holatlar «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasida belgilangan raqobatni cheklashga olib keluvchi harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgani ta’kidlandi. Qonunbuzilishlar yuzasidan Maxsus komissiya buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atib, belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘lladi.

Teglar

Mavzuga oid